Buxoroda akasining uyiga o‘g‘irlikka tushgan uka ushlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Joriy yilning 15 may kuni Buxoro viloyatining Kogon shahrida yashovchi I.B. IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, u shu yil 18 aprel soat 12:00larda noma'lum shaxs uyidan 1 000 AQSh dollari va umumiy qiymati 1 100 000 so‘mlik erkaklar qo‘l soatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni I.B.ning ukasi Z.B. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovni IIB olib bormoqda.
Mavzuga oid

14:13 / 16.02.2025
Farg‘onada o‘g‘irlikka tushgan yigit onani bolalari ko‘z o‘ngida o‘ldirdi

19:12 / 30.01.2025
Niderlandiyada 2,5 ming yillik oltin buyumlarni o‘g‘irlashda gumonlangan shaxslar ushlandi

18:19 / 13.01.2025
Pop tumani hokimining o‘g‘irlik qilgan o‘g‘lini qamoqdan ozod qilgan sudya “Ibratli sudya” deb topildi

19:19 / 01.01.2025