Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun Toshkent, Samarqand va Navoiyda koronavirusga chalinganlar soni ko‘paydi
18 may kuni O‘zbekistonda jami 38ta yangi zararlanish holati qayd etildi va 67 nafar bemor tuzaldi. Shu vaqtgacha 2314 bemor sog‘aygan, ayni vaqtda shifoxonalarda 464 bemor davolanmoqda. Respublika bo‘yicha davolanish ko‘rsatkichi 82 foizga yetgan.
SSV ma'lumotiga ko‘ra, bugun koronavirus qayd etilganlarning 9 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari hisoblanadi, charter reys orqali BAAdan olib kelingan 2 kishiga va Tojikistondan kelgan 1 kishiga virusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan. Shuningdek, oldindan karantinda bo‘lgan 26 kishida virus aniqlangan.
Bugun eng ko‘p yangi holatlar Toshkent shahrida qayd etilgan - 18 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan. Ayni vaqtda Toshkentda qayd etilgan jami holatlar soni 1049taga yetgan (Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyati ham qo‘shib hisoblanganda), shu vaqtgacha 772 bemor tuzalgan, 6 kishi vafot etgan, shifoxonalarda 271 bemor davolanmoqda.
Samarqandda yana 14 kishida virus aniqlandi va jami holatlar soni 275taga yetdi. Shu vaqtgacha 175 bemor tuzalgan, 1 kishi vafot etgan, 99 bemor davolanishni davom ettirmoqda.
Navoiyda bugun bemorlar soni 6 nafarga o‘sdi, barcha holatlarda oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar orasida virus aniqlangan.
Bugun Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 39 nafar bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Shuningdek, Samarqandda 21, Namanganda 7 nafar bemorga javob berildi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

00:30 / 09.06.2025
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025