Foto: Sirdaryodagi toshqindan birinchilardan bo‘lib zarar ko‘rgan «Do‘stlik» mahallasi

O‘zbekiston 23:41 / 17.05.2020 28192

17 may kuni Yangiyer shahar hokimligi «Do‘stlik» mahallasidagi holat aks etgan suratlarni taqdim etdi.

Foto: Yangiyer shahar hokimligi

Ma'lum qilinishicha, «Do‘stlik» MFY da jami 4729 nafar aholi – 715ta xonadon va 867ta oila mavjud.

Foto: Yangiyer shahar hokimligi

O‘rganish natijalariga ko‘ra, yaroqsiz holga kelgan uy-joylar soni 644tani tashkil etgan. Ushbu xonadonlardagi 804ta oilada 4287 nafar aholi istiqomat qilgan.

Foto: Yangiyer shahar hokimligi

Toshqin vaqtida mahalladan evakuatsiya qilingan fuqarolar tumandagi 12ta mahalladagi aholi xonadonlari, ta'lim muassasalari va boshqa viloyat (Jizzax, Samarqand, Toshkent) tumanlariga joylashtirilgan.

Foto: Yangiyer shahar hokimligi

Hozirda Yangi hayot aholi yashash punktida talafot oqibatlarini bartaraf etish va aholiga yetkazilgan zararni tiklash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Foto: Yangiyer shahar hokimligi

Buning uchun Markaziy harbiy okrugida joylashgan harbiy qismlarning harbiy xizmatchilari va Yangiyer shahar hokimligi tomonidan yuborilgan mashina-mexanizmlar, shuningdek, maxsus transportlar jalb etilgan.

Foto: Yangiyer shahar hokimligi

Hududda harbiy xizmatchilar tomonidan 801ta obekt – 715ta xonadon, 52ta ko‘p qavatli uy, 29ta tadbirkorlik sub'yekti va 5ta ijtimoiy soha obektida tozalash ishlari olib borilmoqda.

Respublika maxsus Ishchi guruhi tomonidan mazkur mahallada talafot yetgan obektlarni ta'mirlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi mas'ul etib biriktirilgan.

Foto: Yangiyer shahar hokimligi
Foto: Yangiyer shahar hokimligi

Hozirda Qoraqalpog‘iston Respublikasining 88ta qurilish tashkiloti va 1050 nafar quruvchilari Sardobaga yetib kelgan. Quruvchilar tomonidan «Do‘stlik» mahallasi Yangi hayot aholi yashash punktidagi 90 ta uy-joy qayta tiklanadi.

Foto: Yangiyer shahar hokimligi
Foto: Yangiyer shahar hokimligi

17 may tongida Yangiyer shahar sektor rahbarlari va qurilish ko‘mak shtabi a'zolari ishtirokida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari rivojini tilab qurbonlik qilindi va hasharchilarga osh damlandi.

Ko‘proq yangiliklar: