Toshkentda qator avtobus yo‘nalishlari qisqartiriladi

Jamiyat 08:32 / 16.05.2020 40337

Qayd etilishicha, bu Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 martdagi “Toshkent shahar yo‘lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 157-sonli qarori ijrosini ta'minlash va Toshkent shahridagi yo‘nalishlar tarmog‘ini maqbullashtirish hamda yo‘nalishlarning o‘zaro bir-birini takrorlab harakatlanishini kamaytirish maqsadida amalga oshiriladi.

Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi, Toshkent shahar transport boshqarmasi va "Toshshahartransxizmat" AJ bilan birgalikda ishlab chiqilgan takliflar asosida shahar jamoat transport yo‘nalishlarining harakatiga o‘zgartirishlar kiritilishi rejalashtirilmoqda.

Bundan oldin, Toshkentda 15, 7 va 3 kunlik elektron yo‘l chiptalari tatbiq etilishi xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: