Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Poltavani o‘qqa tutdi - fotosuratlar
Besh qavatli bino vayron bo‘lgan. Qurbonlar soni kamida 14 kishini tashkil etmoqda, ular orasida bolalar ham bor. Xarobalar ostida odamlar qolayotgan bo‘lishi mumkin. Zelenskiy zarbani «navbatdagi terrorchilik jinoyati» deb atadi.

Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
1 fevral tongida Rossiya harbiylari Ukrainaning bir qancha hududlari bo‘ylab havo zarbalari yo‘lladi. Raketalar va dronlar Poltava, Xarkiv va Zaporijjyadagi turar joylarga zarar yetkazgan. Zaporijjya, Odessa, Sumi, Xmelnitskaya va Kiyev oblastlari ham zarbalar ostida qolgan.
Poltavada Rossiya raketasi besh qavatli uyga kelib urilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 14 kishiga yetdi, ular orasida ikki bola ham bor, deb xabar bergan Ukraina favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati.
Yana 17 kishi jarohatlangan, ulardan to‘rt nafari bolalar, deyiladi FVDX xabarida. 22 kishi xarobalar orasidan chiqarib olingan.
Qurbonlardan biri — aktrisa Anastasiya Kolvax. Bu ma’lumotni u ishlagan «Zamonaviy muloqot teatri» tasdiqlagan
Tarqalgan foto va videolarda zarba besh qavatli uyning pod’yezdini to‘liq yakson etganini ko‘rish mumkin. Xarobalar ostida odamlar qolayotgan bo‘lishi mumkin.
Vayronalarni tozalash va qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda. Voqea joyida 460 dan ortiq qutqaruvchi, kuchishlatar tuzilmalar va kommunal xizmatlar xodimlari ishlamoqda.
«Qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildiraman. Voqea joyida barcha zarur xizmatlar ish olib bormoqda, qutqarishmoqda va zarur yordamlar ko‘rsatilmoqda», — deya Poltavadagi voqealarga munosabat bildirgan prezident Volodimir Zelenskiy.
Zelenskiy bu zarbalarni «navbatdagi terrorchilik jinoyati» deb atagan va yana bir bor g‘arblik hamkorlarni mamlakatni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga, jumladan, qo‘shimcha havo hujumidan mudofaa vositalari yetkazib berishga chaqirgan.
Poltava bo‘ylab zarbalar shanbaga o‘tar kechasi boshlanib, tongga qadar davom etgan, butun Ukraina bo‘ylab dronlar va raketalar orqali yopirilma hujum uyushtirilganida ro‘y bergan.
Rossiya qo‘shini bu vaqt davomida Poltava oblastiga bir necha bor hujum uyushtirgan.
Poltava oblasti harbiy ma’muriyati Mirgorod rayonidagi energetika infratuzilmalari shikastlangani, natijada 160 dan ortiq xonadon elektr ta’minotidan uzilganini ma’lum qilgan.

Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA

Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA


Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA

Ukraina FVDX / EPA / Scanpix / LETA

Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA

Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA

Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

18:35 / 16.07.2025
Tramp Ukrainaga qurol va’da qildi, ammo uni kim va qanday yetkazib berishi - tushunarsiz

11:15 / 16.07.2025
BMT Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi

11:05 / 16.07.2025
Putin sanksiyalarga qaramay urushni davom ettirmoqchi

08:38 / 16.07.2025