Chorvachilik tarmog‘iga subsidiyalar ajratiladi

O‘zbekiston 08:38 / 16.05.2020 8916

Prezidentning 30.01.2020 yildagi «Chorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4576-son qaroriga muvofiq mazkur hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

2020–2022 yillarda xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo‘y va echkilarni sotib olgan xo‘jaliklarga hamda respublikada nasldor qoramollarni yetishtiradigan naslchilik xo‘jaliklariga subsidiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

2020–2022 yillarda «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasiga a'zo bo‘lgan baliqchilik xo‘jaliklari tomonidan intensiv usulda yetishtirilgan baliq hamda ularni import qiluvchilarga subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

2020–2022 yillarda «Parrandasanoat» uyushmasiga a'zo bo‘lgan parrandachilik xo‘jaliklari tomonidan import qilingan bir kunlik nasldor jo‘jalar uchun subsidiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
 
Norma’ning yozishicha, chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishni samarali tashkil etishni ta'minlash bo‘yicha tumanlar va viloyatlar komissiyalarining namunaviy tarkibi tasdiqlandi.
 
Subsidiya olish uchun tuman komissiyasiga ariza bilan murojaat etish lozim. Komissiya tomonidan subsidiya ajratish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Subsidiya ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda ariza viloyat komissiyasiga yuboriladi, ushbu komissiya 2 ish kuni mobaynida hujjatlarni «O‘zbekchorvanasl» agentligiga yuboradi. Agentlik hujjatlarni tekshirib chiqadi va mablag‘larni subsidiya oluvchilarning tijorat banklaridagi hisobraqamlariga o‘tkazadi.
 
Qaror bilan nasldor qoramol, qo‘y va echkilar, baliq va jo‘jalar bosh soni prognoz ko‘rsatkichlari belgilandi.
 
Hujjat 13.05.2020 yildan kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: