2570ta xonadon yaroqsiz, 1781tasiga qisman zarar yetgan. Aholining Sardoba toshqinidan ko‘rgan zararlari ochiqlandi

O‘zbekiston 13:23 / 16.05.2020 6061

“Yuksalish” umummilliy harakati ma'lumotlariga ko‘ra, texnogen ofat oqibatida aholining jami 10,860ta hujjati yo‘qotilgan bo‘lib, ularning 3970tasi fuqarolik pasporti va 2840tasi tug‘ilganlik haqida guvohnomalardir. Bugungi kunga qadar, jami 834 nafar fuqaroning biometrik pasportlari, 574ta tug‘ilganlik va 4ta o‘lim haqidagi, 220ta nikoh guvohnomalari tiklangan.

Ma'lum qilinishicha, talafot ko‘rgan 13,383ta aholi va tadbirkorlik sub'yektlarining banklardan kredit qarzdorliklari qaytarilishi hamda muddatlarining uzaytirilishi qayta ko‘rib chiqiladi. Ularga taalluqli jami 655 mlrd so‘m miqdoridagi kreditning 186,2 mlrd so‘mini qaytarish muddati 6 oygacha uzaytirildi.

Zarar ko‘rgan hududdagi 5549 nafar pensionerning 3,9 mlrd so‘m miqdoridagi pensiya mablag‘lari naqd pul shaklida to‘liq yetkazib berilishi ta'minlandi.

Toshqin natijasida 549 gektar aholi tomorqa ekin maydonlari zararlangan. Ekish imkoniyati mavjud maydonlarga 1 mln dona sabzavot ko‘chatlarini ekish ishlari boshlangan bo‘lib, hozirga qadar 80 gektar tomorqa maydonlari ekildi.

Shuningdek, toshqin natijasida uy hayvonlariga yetkazilgan zarar hajmi ham aniqlangan. Unga ko‘ra, 31,719ta uy hayvonlari yo‘qolgan bo‘lib, ularning 13,685tasi yirik va mayda shoxli qoramol, otlar, 17,752tasi parranda va 282tasi boshqa hayvonlardir. Tirik holda topilgan 5160ta yirik va mayda shoxli qoramol, otlarning 5143tasi o‘z egalariga qaytarilgan, egasi aniqlanmagan 17ta jonivor saqlovga olingan.

Ko‘proq yangiliklar: