Qashqadaryoda tarvuz eksportga tayyorlanmoqda

O‘zbekiston 13:58 / 15.05.2020 14524

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida tarvuz yetishtirishning o‘ziga xos maktabi yaratilgan, deb xabar bermoqda «O‘zdavkarantin» inspeksiyasi axborot xizmati

Tuman dehqonlari mamlakatda birinchilardan bo‘lib tarvuz yetishtiradi. Shu yil ham an'anani saqlab qolgan dehqonlar mamlakat bo‘ylab tarvuz yetkazishni boshlab yuborgan.

Bildirilishicha, hududda tarvuz yetishtirish hajmi va ko‘lami yildan yilga ko‘paymoqda. 

«Ushbu tarvuz yetishtirilayotgan dalalarda Qashqadaryo viloyat O‘simliklar karantini hududiy inspeksiyasi agronom inspektorlari tomonidan muntazam ravishda o‘simlik kasalliklari va zararkunandalariga qarshi nazorat olib borilmoqda», - deyiladi ma'lumotda.

Ko‘proq yangiliklar: