Avtomashina Marg‘ilon shahridagi choyxonalardan birining oldida to‘xtab turgan “Damas” va “Kobalt” avtomashinalari yoniga kelib to‘xtagan vaqtda viloyat bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunbuzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Tezkor tadbir davomida uchala avtotransport vositalarining saloni va bagajida bojxona nazoratini chetlab, aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan, qiymati 106,4 mln so‘mlik 3 turdagi bolalar ozuqalari borligi aniqlandi.
Bojxona qonunchiligiga rioya qilishni istamagan huquqbuzarlar ushbu mahsulotlarning sifat jihatidan bolalar salomatligi uchun xavfsiz, iste'molga yaroqli ekanligiga kafolat bera oladimi?
Xozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.