Farg‘onada 4ta qopda giyohvand modda saqlab kelgan shaxs aniqlandi

Jamiyat 12:14 / 15.05.2020 7263

Joriy yilning 11 may kuni Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Uning davomida T.M.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, molxonasida 4ta qopda “Ko‘knor somoni” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qonunchilikka asosan yuqoridagi jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: