Dream City kompaniyasi Tashkent City'dagi ko‘chmas mulkka chegirmalarni ko‘paytiradi

Jamiyat 09:00 / 15.05.2020 15446

Dream City kompaniyasi Tashkent City XIM hududida joylashgan Boulevard va Gardens Residence turar-joy majmualaridagi xonadonlarning yangi qulay shart asosida egasi bo‘lishni taklif etadi.

Dream City poytaxtning nufuzli manzilidagi ko‘chmas mulkka bo‘lib to‘lashga oid ulkan taklif va katta chegirmalar e'lon qiladi.

Qulay yo‘l bilan bo‘lib to‘lash

Dream City kompaniyasidan bo‘lib to‘lashga misli ko‘rilmagan taklifi xaridorlarga 30 oyga bo‘lib to‘lash, undan 3 oyi imtiyozli davr, qolgan 27 oyda to‘lovni amalga oshirish orqali bo‘lib to‘lash muddatini uzaytirish imkonini beradi.

Eng kam birinchi to‘lov 15% gacha tushirildi. Birinchi to‘lov hajmini oshirib, siz umumiy miqdorga chegirmani ko‘paytirasiz.

Ulkan chegirmalar

Ikkala yuqori klass turar-joy majmualaridagi ko‘chmas mulkka chegirmalar 22% gacha belgilandi. Sotuv ofisida kompaniya mutaxassislari sizga ma'qul variantni tanlashga ko‘maklashib, sizga ma'qul xonadon yoki savdo maskanini individual hisoblab berishadi.

Ko‘p millionlik sovg‘alar

Dream City kompaniyasi xaridorlariga alohida kutilmagan yangilik – yer osti avtoturargoh sovg‘a sifatida tayyorlab qo‘ygan.

Endi kompaniya turar-joy majmualari biridan xonadon xarid qilib, siz avtomatik ravishda keng yer osti avtoturargohidan shaxsiy avtomobil joyingizga ega bo‘lasiz. Shu bilan birga ko‘chmas mulk xarid qilinganda qo‘shimchasiga – Shivaki sovitish tizimi bepul taqdim etiladi.

Kelajagingizga foydali sarmoya kiritish imkoniyatini boy bermang. Taklif cheklangan. Batafsil ma'lumotlarni har kuni soat 9:00 dan 19:00 gacha Dream City kompaniyasi sotuv ofisidan hamda umumiy ma'lumot markazining telefon raqamlaridan olishingiz mumkin: (+998) 71-202-22-22.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM.

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasi tomon yo‘l bo‘yida.

Sayt: dreamcity.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: