«Abu Saxiy» bozori ochilgani haqidagi xabarlar rad etildi

Jamiyat 17:53 / 15.05.2020 13898

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov Toshkentdagi «Abu Saxiy» bozori ochilgani, faoliyatiga ruxsat berilgani haqida xabarlar bo‘yicha izoh berdi.

«Ayni vaqtda Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan oziq-ovqat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xizmat turlari hududning toifalanishidan qat'iy nazar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. «Abu Saxiy» buyum bozori faoliyatiga ruxsat berilmagan va bu kabi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», degan u AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda.

O‘zbekistonda 24 martdan boshlab Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatilgandi.

Respublika maxsus komissiyasining 14 maydagi qarori bilan O‘zbekistonda amaldagi karantin talablari 1 iyunga qadar uzaytirildi. Ushbu qarorga ko‘ra, karantin cheklovlari bo‘yicha ayrim yengilliklar berildi, ammo hozircha buyum bozorlari faoliyatiga qo‘llangan taqiq bekor qilinmadi.

Ko‘proq yangiliklar: