2020 yilda qanday qonunlar ishlab chiqiladi?

O‘zbekiston 12:01 / 15.05.2020 5945

 
Hujjat bilan ishlab chiqiladigan va Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalari ro‘yxatini o‘z ichiga olgan dastur tasdiqlandi. Mas'ul vazirlik va idoralarga loyihalarni tayyorlash reja-grafiklarini tasdiqlash topshirilgan, deb yozmoqda Norma.
 
2020 yil oxirigacha 24 ta qonun loyihasi, xususan, «Transport to‘g‘risida», «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida», «Shaxsiy tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida», «To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida», «Rasmiy statistika to‘g‘risida», «Kichik va o‘rta biznes to‘g‘risida», «Savdo to‘g‘risida»gi qonunlar, Sog‘liqni saqlash kodeksi loyihalari tayyorlanishi va kiritilishi rejalashtirilmoqda.
 
Qonun loyihalarining sifatli tayyorlanishi, muhokama qilinishi, ekspertizadan o‘tkazilishini ta'minlash uchun Vazirlar Mahkamasi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlariga shaxsiy javobgarlik yuklatiladi.
 
Hujjat 12.05.2020 yildan kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: