Xitoyda mehmonlar uchun aerotaksi xizmati mavjud bo‘lgan birinchi mehmonxona paydo bo‘ladi

Jamiyat 20:25 / 14.05.2020 4705

Xitoyning uchuvchisiz parvoz qurilmalari ishlab chiqaruvchi Ehang kompaniyasi LN Holdings turistik kompaniyasi bilan birga mehmonxonalar tarmog‘i mijozlariga havodan diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish imkoniyatini taklif qilmoqchi. Tomida uchish-qo‘nish maydonchasiga ega birinchi mehmonxona Guanchjoudagi LN Garden Hotel bo‘ladi.   

Ikki kompaniya rahbarlari shu maqsadda kelishuv imzolashdi. Unga ko‘ra, LN Garden Hotel mehmonxonasi negizida shahar uzra ekskursiya parvozi amalga oshirish, kerakli manzilga havo orqali yetib olish, aviashou tomosha qilish yoki dron yordamida yetkazilgan buyurtmani qabul qilish imkoniyatini taklif qiluvchi havo transporti platformasi quriladi. Kelishuv imzolangach, jurnalistlar aerotaksi bortiga ko‘tarilib, mehmonxona atrofida parvoz qilib chiqish imkoniga ega bo‘ldilar.

EHang 216 avtonom havo taksisi ikki yo‘lovchiga mo‘ljallangan va kabina atrofida joylashgan 8 juft rotor bilan jihozlangan. Qurilmaning makmisal tezligi 130 km/soatni, kreyserlik tezligi esa 100 km/soatni tashkil qiladi. Uning akkumulyatori 21 daqiqa parvoz qilishga yetadi.

Bu Ehang kompaniyasining o‘z biznesini turistik yo‘nalish tomon rivojlantirishga birinchi urinishi emas. Mart oyida kompaniya o‘z qurilmasining sinov parvozlarini har qanday turdagi sof transport ma'qullanuvchi Norvegiyada o‘tkazmoqchi ekanligini ma'lum qilgandi. Kompaniya, shuningdek, aprelda Xechjouda kutish zali va uchish-qo‘nish maydonchalariga ega uch qavatli aerovokzal qurishini ma'lum qilgan.

Mart boshida EHang 216 aerotaksisi Xechjou shahri rahbariyati koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tashkillashtirgan mashg‘ulotlarda ishtirok etgandi. O‘shanda qurilmaning yuk modifikatsiyasi start nuqtasidan 4 km uzoqlikda joylashgan mahalliy shifoxona qo‘nish maydonchasiga dori-darmon yetkazib, avtomatik tarzda orqaga qaytgan.  

Ko‘proq yangiliklar: