Jizzaxda ham sel kuzatildi 

Jamiyat 14:25 / 14.05.2020 16011

Jizzax viloyatida ham sel kuzatildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning 14 may kuni Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanlari hududida kuchli yog‘ingarchilik kuzatildi. 

Natijada, "Oqqo‘rg‘onlik", "Tinchlik", "H.Olimjon", "Ulug‘bek" hamda "Ziyokor" mahallalarida yomg‘ir suvlari to‘planib, bir nechta xonadonga suv kirgan. 

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 6 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi hamda 22 nafar qutqaruvchilari tomonidan xonadon egalariga amaliy yordam ko‘rsatilib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan suv toshqini hamda boshqa ko‘ngilsiz holatlarning oldi olindi.

 

Ko‘proq yangiliklar: