Farg‘onada 18 yoshli mushtumzo‘rlar ushlandi

Jamiyat 07:52 / 14.05.2020 9680

2020 yilning 11 may kuni soat 14:30da, Farg‘ona viloyati Toshloq tumani Bahor ko‘chasida 19 yoshli I.R. o‘zining sevishgan qizi D.O. bilan suhbatlashib turgan vaqtida, ularni oldiga Matiz rusumli avtomashinada unga notanish bo‘lgan 18 yoshli X.R., M.E. va Z.X. kelgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular bu  qiz bilan nima sababdan gaplashib turganligiga e'tiroz bildirib, D.O.ning qo‘lida bo‘lgan I.R.ga tegishli narxi 2 800 000 so‘mlik Redmi Pro 8 rusumli uyali telefon apparatini tortib olib, so‘ngra I.R.ning yuz va ko‘krak sohalariga qo‘llari bilan urib, oyoqlari bilan tepib unga tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida X.R., M.E. va Z.X. qo‘lga olinib, X.R.dan jabrlanuvchi I.R.ga tegishli Redmi Pro 8 rusumli uyali telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.R., M.E. va Z.X. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Ko‘proq yangiliklar: