Andijonda qalbaki dollarlarini o‘tkazib, voqea joyidan qochmoqchi bo‘lgan valutafurush o‘zini suvga tashladi

Jamiyat 18:46 / 14.05.2020 14225

Qo‘ng‘irotda juda ko‘p miqdordagi mol-mulkni o‘zlashtirish holati aniqlandi

Departamentning Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «I.» MChJ ta'sischisi A.I. tuman hokimiyati balansida bo‘lgan qurilishi tugallanmagan umumiy qiymati 390,6 mln so‘m bo‘lgan mehmonxona binosini 705,0 mln so‘m investitsiya kiritish, 550 o‘ringa mo‘ljallangan ta'lim markazini tashkil etish va yangi ish o‘rinlarini yaratish majburiyatini olgan holda «nol» qiymatda xarid qilib, amalda shartnoma shartlarini bajarmasdan, soxta tadbirkorlik, ya'ni korxona ustavida ko‘rsatilgan faoliyatni amalga oshirmasdan ushbu binoni buzib, qurilish materiallarini o‘z shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib, juda ko‘p miqdordagi mol-mulkni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ellikqal'ada kollej binosini ta'mirlashdagi talon-torojliklar fosh etildi

Departamentning Ellikqal'a tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Ellikqal'a qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji mansabdor shaxslari, mansab vakolatlarini suiiste'mol qilishib tumandagi «E.S.Q.» MChJ tomonidan kollej binosida ta'mirlash ishlari to‘liq bajarilmagan bo‘lishiga qaramasdan, rasmiy hujjatlarga soxta ma'lumotlar kiritishib, 59,6 mln so‘m budjet mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Xo‘jaobodda fermerdan 10 000 dollar undirmoqchi bo‘lgan kadastr xodimi ushlandi

Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi hamda DXX viloyat boshqarmasiga Xo‘jaobod tumanida faoliyat yurituvchi «D-A.» fermer xo‘jaligi rahbari U.R.dan murojaat kelib tushgan.

U.R. o‘z murojaatida tuman «Yer-mulk kadastri davlat korxonasi» mutaxassisi J.I. fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 10 gektar yer maydonini uning turmush o‘rtog‘i D.A.ning nomiga bog‘dorchilik yo‘nalishida faoliyat yuritish uchun qarori chiqartirib berish evaziga 15.04.2020 yilda 1 000 AQSh dollari olib, yana 9 000 AQSh dollari talab qilayotganini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Departament hamda DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Xo‘jaobod tuman «Yer-mulk kadastri davlat korxonasi» mutaxassisi J.I. fermer xo‘jaligi dala shiyponida murojaat muallifi U.R.dan talab qilgan 9 000 AQSh dollaridan 7 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Holat yuzasidan tuman J.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Oltinko‘lda qalbaki dollarlarini o‘tkazib, voqea joyidan qochmoqchi bo‘lgan valutafurush o‘zini suvga tashladi

Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.K. va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqaro J.M.ga qalbaki 10 000 AQSh dollarini 6 880 AQSh dollariga sotishga kelishib, Oltinko‘l tumanidagi «Mayramxon» kanali yonida fuqaro J.M.ga qalbaki 7 900 AQSh dollarini berib, qolgan 2 100 AQSh dollarini boshqa cho‘ntagidan olayotgan vaqtida tadbir o‘tkazilayotganini sezib qolib, voqea joyidan yashirinish maqsadida «Mayramxon» kanaliga o‘zini tashlab, qochmoqchi bo‘lganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan B.K. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Toshkent tumanida ikkita xususiy uy-joy mulkdorlar shirkatlaridagi talon-torojlik fosh etildi

Departamentning Toshkent tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «O.Kommunalchi» hamda «K.Kommunalchi» xususiy uy-joy mulkdorlar shirkatlari sobiq rahbari Sh.A. va hisobchisi E.G.lar, 2018-2019 yillar davomida ushbu shirkatlar a'zolaridan kommunal to‘lovlari uchun yig‘ilgan 113,8 mln so‘m mablag‘larni bank hisob raqamiga kirim qilmasdan, noqonuniy daromad orttirish maqsadida o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Holat yuzasidan Sh.A. va E.G.larga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: