Rossiyada og‘ir vaziyatga tushib qolganlar bir martalik moddiy yordamni qanday olishlari mumkin? Mutaxassis maslahati

O‘zbekiston 22:28 / 13.05.2020 18278

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi va Rossiya hududlaridagi bosh konsulxonalari 14 maydan e'tiboran karantin va cheklov choralari tufayli og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolariga bir martalik moddiy yordam to‘lab berishni boshlashi haqida xabar berilgandi.  

Ma'lum qilinishicha, bir martalik moddiy yordam Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lib turgan quyidagi toifadagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga to‘lab beriladi:

Nogironlar – tegishli tasdiqlovchi hujjat (ma'lumotnoma) taqdim etilgan taqdirda;

Qaramog‘ida 2 yoshgacha farzandi bo‘lgan hamda homilasi 7 oylikdan oshgan ayollar – zarur tasdiqlovchi hujjatlar (bolaning tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma, tibbiyot muassasidan ma'lumotnoma) taqdim etgilgan holda;

Covid-19 tashxisi qo‘yilgan shaxslar – tegishli tasdiqlovchi hujjat asosida;

Rossiyadagi OTMlarning kunduzgi bo‘limlarida tahsil olayotgan talabalar – o‘qish joyidan tegishli ma'lumotnoma asnosida.

Mazkur yordam Rossiyada belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan (12 130 rubl) kelib chiqqan holda bir martalik pul mablag‘ini to‘lab berish shaklida amalga oshiriladi.

Moliyaviy yordamni olish uchun elchixona tomonidan maxsus ishga tushirilgan o‘zbek va rus tillaridagi «mexr.rf» portali orqali murojaat yuborish lozim.  

Rossiyada yuristlik faoliyatini olib borayotgan mutaxassis Botirjon Shermuhammad o‘zining feysbukdagi sahifasida ushbu yordamni olish tartibi haqida batafsil ma'lumot berdi.

Moliyaviy yordamni olish istagida bo‘lganlarga ushbu videoni ko‘rishni tavsiya etamiz.

Ko‘proq yangiliklar: