Qayd etilishicha, Uchtepa tumanidagi “Farhod” avtomobil ehtiyot qismlari bozori dezinfeksiya qilish va savdo joylari sanitariya-epidemiologiya me'yorlariga muvofiqlashtirilishi uchun yopilgan. Tadbirkorlardan birining isitmasi borligi haqida ilgari tarqagan ma'lumot haqiqatdan yiroq ekani bildirilgan.
“Ehtiyot qismlar bozori har bir savdo joyi tegishli dezinfeksiya anjomlari bilan jihozlangandan so‘ng o‘z ishini davom ettiradi.
Hurmatli hamshaharlar va shahrimiz mehmonlari! Sizdan karantin qoidalariga jiddiy munosabatda bo‘lishingizni so‘raymiz. Unutmang, karantinning bosqichma-bosqich yumshatilishi xavf bartaraf etilganidan dalolat bermaydi. Tibbiy niqob taqish, shaxsiy avtomobildan foydalanish jadvaliga amal qilish, ijtimoiy masofani saqlash – bularning barchasi bugungi kunda koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda eng samarali usul hisoblanadi. O‘zingizni va yaqinlaringizni asrang”, - deyiladi xabarda.