Joriy yilning 6 may kuni Q.A. ukasi Q.D. bilan til biriktirib, tanishi U.M.ga Farg‘ona viloyatining Beshariq tumani Yangihayot ko‘chasida joylashgan 15 sotix yer maydonini nomiga rasmiylashtirib berishni va'da qilgan.
Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, ular U.M.dan 1100 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborganlar.
Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang. Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin”, - deyiladi xabarda.