Ma'lum bo‘lishicha, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida kuchli yomg‘irga qo‘shilib do‘l ham yog‘gan. Samarqandda ham momaqaldiroq va kuchli yomg‘ir kuzatildi. Navoiy va qashqadaryolik o‘quvchilar do‘lning suratlarini yuborishdi. O‘quvchilarning yozishicha, bu hududlarda yomg‘ir sabab ko‘chalarni suv bosgan.
Kech tushishi bilan Toshkent shahrida ham havo o‘zgarib, chaqmoq chaqdi.