Konferensiya Profi Training biznes maktabi tomonidan tashkil etilmoqda. Unda qatnashib, 5 kun davomida joriy yil mamlakat moliya dunyosida nimalar bo‘lishini uydan chiqmagan holda jonli efir orqali bilib olish mumkin.
Konferensiya qanday savollarga javob beradi?
Prezidentning shu yil 24 fevraldagi 4611-sonli farmoniga muvofiq, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar 2021 yil 1 yanvardan boshlab, majburiy tartibda MHXSga o‘tishlari kerak.
Qarorda ta'kidlanganidek, 2021 yil yakuniga qadar kompaniyada kamida 3ta mutaxassis, buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotning akkreditatsiyasidan o‘tgan o‘quv markazlarida bilim olgan holda, «MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot» fanini muvaffaqiyatli topshirgani to‘g‘risidagi hujjatga ega bo‘lishi shart.
Shu munosabat bilan, ACCA DipIFR akkreditatsiyasidan o‘tgan mamlakatdagi yagona biznes maktab – Profi Training o‘zining chuqur bilim va boy tajribasi bilan mavzuga oid savollarga jonli efir orqali aniq javob bera oladigan mutahasislarni «PROFI: Xabardor bo‘l!» bepul onlayn konferensiyasiga jamladi.
Savollarni https://profimsfo.uz/ havolasi orqali yuborish mumkin.
Tadbir quyidagilar uchun mo‘ljallangan:
– MHXSga muvofiq moliyaviy hisobot tayyorlovchilar,
– 2021 yil 1 yanvardan boshlab MHXSga o‘tuvchilar,
– xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rejalashtirayotganlar yoki jalb qilish jarayondagilar,
– zamon bilan xamnafas bo‘lishni istagan mutaxasislar.
Konferensiyani:
– dunyoning istalgan burchagidan,
– internet tarmog‘iga ulanish imkonini beruvchi barcha turdagi qurilmalardan foydalangan holda,
– o‘zbek va rus tillarida kuzatib borish mumkin.
Onlayn konferensiya dasturi:
18.05.2020. «O‘zbekistonda MHXSni jadal joriy etishni rag‘batlantirish choralari»
Spiker: Dilshod Sultanov – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari
Spiker: Altin Shakirxanova – ACCA`ning Qozog‘iston va Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi rahbari
19.05.2020. «MHXSning birinchi marta qo‘llanishi»
Spiker: Jamshid Qambarov – MHXSni joriy etish va moliyaviy hisobotlar transformatsiyasi bo‘yicha tajribaga ega auditor, xalqaro ekspert – Big4 (Deloitte & PwC)
20.05.2020. «MHXSga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tayyorlash jarayonini shakllantirish»
Spiker: Almira Shakiyeva – KPMG`ning Qozog‘iston va Markaziy Osiyodagi direktori
21.05.2020. «MHXSning O‘zbekistonda qo‘llanishi: «O‘zbekneftegaz» AJ tajribasi»
Spiker: Xamza Tuxsanov – «O‘zbekneftegaz» AJning MHXSni joriy etish bo‘limi boshlig‘i
22.05.2020. «ACCA bilan moliya sohasida karera»
Spiker: Janna Iskenova – ACCA`ning Qozog‘iston va Markaziy Osiyodagi ta'lim sohasi bo‘yicha mintaqaviy menejyeri
Barcha translatsiyalar YouTube platformasida soat 17:00da boshlanib 18 maydan 22 maygacha har kuni bo‘lib o‘tadi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://profimsfo.uz/
Ma'lumot uchun, konferensiya tashkilotchisi – Profi Training biznes maktabi ACCA DipIFR (Rus) akkreditatsiyasidan o‘tgan O‘zbekistondagi yagona biznes maktab sanaladi.
7 mingdan ortiq bitiruvchi Profi Training kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan. Biznes maktab – moliya va biznes sohasiga oid 9dan ortiq yirik tadbirlar tashkilotchisi; har yili xalqaro ta'lim forumlarida O‘zbekiston vakili sifatida qatnashadi.
Bepul onlayn konferensiya haqidagi ma'lumotlar https://profimsfo.uz/ saytida keltirilgan.
Aloqa ma'lumotlari:
Ro‘yxatdan o‘tish uchun xavola: https://profimsfo.uz/
Ishtirok etish: Bepul
Youtube: youtube.com/channel/UCV8jzDioWb4Mb4G1GJw4T9g
Facebook: facebook.com/profitraininguz
Telegram: bit.ly/2OKG1G5
Sayt: uztraining.uz
Telefonlar: +998712002427, +998909572427
Email: info@uztraining.uz