Jahon | 19:59 / 07.05.2020
9325
2 daqiqa o‘qiladi

BMTda G‘arb koronavirus epidemiyasining ikkinchi to‘lqinini qanday bartaraf etishi mumkinligi aytildi

AQSh va Yevropa davlatlari nochor davlatlarda koronavirusning tarqalishini to‘xtatishda yordam bermasalar, unda o‘zlari virusning yangi zarbasiga to‘qnash keladilar.

Foto: LAC

Bu haqda BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mark Loukok ma'lum qildi

“Hamma yerdagi odamlar xavfsizlikda bo‘lmaguncha, hech kim xavfsizlikda bo‘lmaydi”, deb aytgan Loukok. Uning ta'kidlashicha, “past daromadli ko‘plab davlatlarga pandemiya ularning shundoq ham kuchsiz sog‘liqni saqlash tizimini yo‘q qilmasligi uchun yaqin haftalarda shoshilinch yordam talab etiladi”.

BMT vakilining qo‘shimcha qilishicha, AQSh, Yevropa va boshqa g‘arb davlatlari nochor davlatlarga bu borada yordam bermasa, unda virus ularga “bumerang” kabi qaytadi.

“Bizda bir yilning muammosi bundan kelib chiqadigan barcha oqibatlar: beqarorlik, migratsiya, terrorchilik yoyilishi va boshqalar bilan o‘n yillik muammosiga aylanmasligidan qochish uchun imkoniyat bor”, deb ta'kidlab o‘tgan Loukok.

Avvalroq BMTning baholashicha, dunyoning eng zaif davlatlarida pandemiya va uning oqibatlari bilan kurashish uchun 2 mlrd dollar emas, balki 6,7 mlrd dollar talab etiladi. 

“Agar biz hoziroq harakat qilmasak, unda ixtiloflar, ocharchilik va nochorlikning sezilarli o‘sishiga tayyor turmog‘imiz lozim bo‘ladi”, deb ogohlantirgan Loukok.

BMT ma'lumotlariga ko‘ra, 25 martdan beri xalqaro tashkilot 37 ta eng nochor davlatga koronavirusga qarshi kurash uchun 1 mlrd dollar yig‘gan.  

Mavzuga oid