«Paxtakor» Salim Abduvaliyevni tabrikladi

Toshkentning «Paxtakor» klubi Salim Abduvaliyevni 70 yoshi bilan tabrikladi. Bu haqda klubning telegram kanalida yozilgan.
«Bugun O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi, O‘zbekiston MOQ vitse-prezidenti va yurtimizda sport rivojlanishi uchun katta mehnat qilib kelayotgan Salim Kirgizbayevich Abduvaliyev 70 yoshini qarshi olmoqda. U mamlakatimizda sport, shu jumladan, futbolning taraqqiy etishiga ko‘p yillar mobaynida o‘z hissasini qo‘shgan.
«Paxtakor» futbol klubi Salim Kirgizbayevichni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga sog‘liq, uzoq umr, baxt va omad, faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilab qoladi», deyilgan «Paxtakor»ning tabrigida.
Ma'lumot uchun, Salim Abduvaliyev 1950 yil 5 may kuni Toshkent shahrida tug‘ilgani aytiladi. Yoshligida erkin kurash bilan shug‘ullangan va 5 marta O‘zbekiston chempioni bo‘lgan.
Salim Abduvaliyev 1997 yildan buyon O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi, 2000 yildan buyon MOQ vitse-prezidenti lavozimida ishlab keladi.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniya buyurtmalar yo‘qligi bois Eurofighter Typhoon qiruvchilarini ishlab chiqarishni to‘xtatdi
Jahon | 22:38
-
Xitoy Putindan NATOga hujum qilishni so‘raydi - alyans bosh kotibi
Jahon | 22:07
-
Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:42
-
Bo‘stonliqdagi adirlikda yong‘in chiqdi. Uni qurshab olishga salkam 2 soat vaqt ketdi
Jamiyat | 20:09
Mavzuga oid

14:08 / 14.04.2025
«Paxtakor» yana yutqazdi, peshqadam yana o‘zgardi

13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam

03:09 / 12.03.2025
«Paxtakor» «Al Hilol»ga yirik hisobda yutqazib, Elit OChLni tark etdi

23:19 / 04.03.2025