Havaskorlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha birinchi onlayn O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi

Sport 15:22 / 05.05.2020 25146

Joriy yilning 11 mayidan 20 mayiga qadar havaskorlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha «Uyda qol va g‘alaba qozon!» shiori ostida birinchi onlayn O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi va unda respublikamizning barcha hududlaridan xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.

Musobaqa ishtirokchilarining yoshi chegaralanmagan. Onlayn musobaqa g‘oliblari pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Turnirda faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qatnashishlari mumkin. Musobaqada qatnashish istagida bo‘lgan havaskorlar www.chess.com saytiga kirib, ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Birinchi onlayn chempionatda jami 10 ta turnir o‘tkaziladi va har bir tur bo‘yicha g‘olib – 10 nafar chempion aniqlanadi.

G‘oliblar bank kartasiga pul o‘tkazish yo‘li orqali taqdirlanadi.

Shuningdek, g‘oliblar havaskor shaxmat bo‘yicha birinchi O‘zbekiston chempionati g‘olibi diplomi bilan taqdirlanadi.

O‘yinlar 10 kun davomida – 11 maydan 20 mayga qadar Toshkent vaqti bilan 20:30da o‘tkaziladi. G‘olib ikki marta qatnashish huquqiga ega emas.

Turnirdan ko‘zlangan maqsad – aholining bo‘sh vaqtini mazmunli va sifatli o‘tkazish, karantin davrida sport hamda ko‘ngilochar strategiyalarni targ‘ib qilish, shuningdek, shaxmatni intellektual sport turi sifatida ommalashtirish.

O‘yinlar va qiziqarli sharhlarni Espors Uzbekistan federatsiyasining Youtubeʼdagi rasmiy kanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Qo‘shimcha ma'lumotlarni quyidagi rasmiy saytlar orqali olishingiz mumkin:

www.minsport.uz
www.espors.uz
www.sportluxury.uz

Karantin davrini uyda qolib, sport bilan mazmunli o‘tkazing. Onlayn musobaqada ishtirok eting hamda g‘olib bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmang!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: