Qurbonlar yo‘q, 138 kishi qutqarilgan. FVV Sardobadagi vaziyat to‘g‘risida ma'lumot berdi

O‘zbekiston 20:15 / 02.05.2020 34358

Suv omborining dambasini qayta tiklash maqsadida jami 100ta yuk tashish texnikasi orqali tosh va shag‘al yetkazib berish ishlari tashkillashtirilgan. 

Shuningdek, suvda qidiruv-qutqaruv operatsiyasini o‘tkazish va sodir bo‘lgan vaziyatga aniq baho berish, keltirilgan zarar miqdorini aniqlash maqsadida, viloyat Favqudlodda vaziyatlar boshqarmasidan 75 nafar shaxsiy tarkib va 13ta maxsus motorli qayiqlar jalb etilib, qutqaruv va qidiruv ishlari olib borildi.

Qidiruv-qutqaruv ishlari vaqtida qutqarilgan fuqarolar motorli qayiqlarni xavfsiz hududlarga ko‘chirilmoqda, shundan so‘ng ularga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilmoqda.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlarida jami 138 kishi toshqin oqibatlaridan qutqarilgan.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

«Hozirgacha o‘nlab insonlar hayoti saqlab qolindi. Odamlar halok bo‘lgani haqida axborot hozircha kelib tushgani yo‘q», degan FVV matbuot xizmati rahbari Murod Sodiqov.

Ko‘proq yangiliklar: