Fan olimpiadasining navbatdagi bosqichlari o‘tkaziladimi? XTV izoh berdi
Fan olimpiadasining uchinchi (viloyat) va to‘rtinchi (respublika) bosqichlari o‘tkaziladimi? Agar o‘tkazilmasa, tuman bosqichi g‘oliblariga imtiyozlar mavjudmi?
3 may kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov ushbu savol yuzasidan javob berdi.
“Respublika fan olimpiadasining 3-bosqich (viloyat) va 4-bosqichini (respublika) o‘tkazish bo‘yicha barcha tayyorgarliklar ko‘rilgan. Ularni o‘tkazish masalasi mamlakatdagi umumiy holatga bog‘liq. Vaziyat yaxshilanib borgani sari ommaviy tadbirlar o‘tkazishga ruxsat berilsa, olimpiadaning mazkur bosqichi o‘tkazilishi mumkin bo‘ladi. Olimpiada o‘tkazilishi rejalashtirilgan taqdirda o‘tkazish vaqti bo‘yicha yana qo‘shimcha ma'lumot beriladi.
Vaziyatdan kelib chiqqan holda, olimpiadaning viloyat va respublika bosqichlari bekor qilinsa, tuman bosqichi g‘oliblariga imtiyozlar berilmaydi”, deya Sherzod Shermatovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid

21:42 / 04.09.2024
Maktablarning bo‘sh yerlarida DXSh asosida bog‘cha qurishga ruxsat beriladi

18:19 / 25.05.2024
O‘zbekistonda ikkinchi marta yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi o‘tkaziladi

17:08 / 06.12.2021
“Mahalliy olimpiadalarda nohaqliklar bo‘lgani sir emas” - Fan olimpiadalarida shaffoflik haqida departament fikri

18:05 / 19.08.2021