Avtomobil ehtiyot qismlari do‘koniga o‘g‘irlikka kirgan shaxs qo‘lga olindi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: IIB axborot xizmati
Joriy yilning 28 aprel kuni M.D. Farg‘ona viloyati Beshariq tumani Do‘stlik ko‘chasida joylashgan N.I.ga tegishli avtomobil ehtiyot qismlari do‘koniga eshik qulfini buzib kirgan.
Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, do‘konda bo‘lgan jami narxi 10 000 000 so‘mlik avtomobil ehtiyot qismlarini o‘g‘irlab ketgan.
Holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan N.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Mavzuga oid

14:13 / 16.02.2025
Farg‘onada o‘g‘irlikka tushgan yigit onani bolalari ko‘z o‘ngida o‘ldirdi

19:12 / 30.01.2025
Niderlandiyada 2,5 ming yillik oltin buyumlarni o‘g‘irlashda gumonlangan shaxslar ushlandi

18:19 / 13.01.2025
Pop tumani hokimining o‘g‘irlik qilgan o‘g‘lini qamoqdan ozod qilgan sudya “Ibratli sudya” deb topildi

19:19 / 01.01.2025