2019 yilning eng omadsiz filmlari ma'lum qilindi 

Light 23:01 / 28.04.2020 11590

“Iks odamlar: Qora Feniks” (Dark Phoenix) filmi ro‘yxatning 1-o‘rnini egallagan. Film butun dunyo bo‘ylab 252 mln dollar ishlab topganiga qaramay, o‘z ijodkorlariga 133 mln dollar miqdorida zarar keltirgan.

2-o‘rinni “Terminator: Qora taqdirlar”  (Terminator: Dark Fate) filmi egallagan. Film prokatidan keyin u o‘z yaratuvchilariga 122,6 mln dollar zarar keltirgan.

113,6 mln dollarlik zarar bilan 3-o‘rinni “Mushuklar” (Cats) film-myuzikli egallagan.

Omadsiz filmlar ro‘yxatining keyingi o‘rinlarni “Gemini” (Gemini Man) filmi 111,1 mln dollarlik va “Yo‘qotilgan bo‘g‘in” (Missing Link) multfilmi 101,3 mln dollarlik zarar bilan egallagan.

Ro‘yxatni tuzishda barcha xarajatlar – ishlab chiqarish va reklama xarajatlari, aktyorlarga gonorarlar va boshqa omillar hisobga olingan.

Avvalroq portal 2019 yilning eng serdaromad filmlari reytingini e'lon qilgandi. Unga ko‘ra, ro‘yxatda qolgan filmlardan ancha farq bilan “Qasoskorlar: Final” (Avengers: Endgame) filmi yetakchilik qilib, u o‘z ijodkorlariga 890 mln dollar sof daromad keltirgan.

Ko‘proq yangiliklar: