O‘zbekiston milliy jamoasining barcha yosh toifasidagi jamoalari safida gol urgan yagona futbolchi sanalmish Aleksandr Geynrix turli yillarda o‘ynagan futbolchilardan iborat ramziy jamoaga futbolimizning nomdor vakillari hamda hozirda faoliyatini davom ettirayotgan 4 nafar futbolchini kiritgan.
Bosh murabbiy sifatida esa tarixida ilk marta - O‘zbekiston yoshlar jamoasi bilan 2003 yilgi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashgan marhum mutaxassis Viktor Borisov tanlangan.
Aleksandr Geynrixning ramziy jamoasi quyidagicha ko‘rinish oldi:
Darvozabon: Ignatiy Nesterov
Himoyachilar: Fevzi Davletov, Baxtiyor Ashurmatov, Asror Aliqulov, Vitaliy Denisov.
Yarimhimoyachilar: Odil Ahmedov, Temur Kapadze, Mirjalol Qosimov
Hujumchilar: Anvar Soliyev, Maksim Shatskix, Eldor Shomurodov.
Bosh murabbiy: Viktor Borisov.