Samsung 5G orqali ma'lumot uzatish tezligi bo‘yicha yangi rekord qayd etdi

Fan-texnika 00:52 / 18.04.2020 10613

Laboratoriya sinovlari chog‘ida bir vaqtning o‘zida ikkita mobil terminaldagi tezlik soniyasiga 8,5 Gbitga yetdi — bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.  

Soniyasiga 8,5 Gbit tezlik shaharlarda va 5G korporativ tarmoqlari uchun tezkor ma'lumotlar yetkazib berishda yangi imkoniyatlarni taqdim etadi.  

Bunday tezlik 5G foydalanuvchilariga 8K o‘lchamdagi striming videolarni tomosha qilish, to‘ldirilgan voqelik texnologiyasidan foydalanib masofaviy o‘qish va VR formatida telekonferensiyalar o‘tkazish imkonini beradi.

Avvalroq Samsung 108 Mpli kameraga ega va bukiluvchi ekranli yangi smartfonlarini taqdim qilgandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: