Volvo tezligi cheklangan avtomobillar ishlab chiqara boshladi

Fan-texnika 08:29 / 16.04.2020 10051

Shvetsiyaning Volvo markasi maksimal tezligi soatiga 180 kilometr bilan cheklanuvchi avtomobillar ishlab chiqarishga kirishdi. Ushbu chora kompaniyaning yo‘llarda o‘lim va jarohatlar sonini kamaytirish bo‘yicha strategiyasi bir qismi sifatida qabul qilindi.

Volvo’ning taxminicha, tezlikning oshirilishi - o‘limga olib keluvchi avariyalarning asosiy sabablaridan biri, ammo ular tezlikni cheklash bu turdagi YTHdan omon qolish usuli emasligini ham tan olishdi. Yangi Zelandiyaning Autocar nashriga ko‘ra, dastlab yangilangan V90 va S90’da cheklovchi paydo bo‘ladi.

Volvo V90

Muvozanatni saqlash uchun soatiga 180 kilometrlik chegara tanlandi: safarlarni xavfsizroq qilish, lekin mijozlarni yo‘qotmaslik.

Volvo S90’

Shvetsiya markasidagi avtomobillarning maksimal tezligi pasayishi haqida o‘tgan yilning bahorida ma'lum bo‘ldi. Keyin kompaniya kelgusida modellar tezlikni boshqarish va geozonalashtirish funksiyalarini birlashtiradigan «aqlli» cheklovchi bilan ta'minlanishini bildirdi. Bunday tizim ma'lum bir joylarda, masalan, maktablar yaqinida maksimal tezlikni avtomatik ravishda pasaytiradi.

Ko‘proq yangiliklar: