Rahbar, hisobchi, kadrlar bo‘limi boshlig‘i va HR menejyer uchun antivirus onlayn-konferensiya!
Biznes uchun murakkab bo‘lgan bugungi davrda «Aktion MsFER» kompaniyasi rahbarlar, hisobchilar, HR menejyerlar va kadrlar bo‘limi boshliqlarini qo‘llab-quvvatlash niyatida. Shu bois kompaniya onlayn-konferensiya o‘tkazishni rejalashtirmoqda va unda ekspertlar pandemiya sharoitida qanday faoliyat yuritish, jumladan, karantinda masofaviy ishlash hamda inqirozdan qutulib qolish choralari haqida hikoya qiladilar.
Konferensiyada Siz ekspertlardan yangicha sharoitda ishlash, davlat Siz uchun qanday imtiyozlar va o‘zgarishlar taqdim qilayotgani hamda 2020 yilning bahorini qay tarzda “ortda qoldirish” bo‘yicha amaliy maslahatlar olishingiz mumkin.
Bu konferensiyada quyidagi ekspertlar chiqish qiladilar:
Gulnar Sarimsakova – Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti, 30 yildan ortiq pedagogik tajriba egasi;
Yekaterina Agandjanova – Balton Trading Asia QK xodimlar bilan ishlash bo‘yicha direktori, xodimlarni boshqarishga ixtisoslashgan Smart HR maktabi asoschisi. Biznes konsultant, xodimlar boshqaruvi va tashkiliy rivojlanish bo‘yicha murabbiy;
Murod Qodirov – soliqqa tortish bo‘yicha yetakchi ekspert-konsultant, soliq konsultantlari palatasi a'zosi;
Hasan Mamasaidov – “DEKOS” kompaniyasi asoschisi. O‘zbekiston bozorida tijorat va ishlab chiqarish faoliyati boshqaruvi sohasida ekspert;
Kozimjon Hasanov – “ARTEL TECHNICAL SCHOOL” direktori;
Rustam Qaraxonov - GLG (German Lehrman Group, AQSh) kengashi a'zosi. Loyihaviy moliyalash sohasida 25 yillik tajribaga ega ekspert, uran qazib olish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turuvchi KAZATOMPROM kompaniyasi tizimida 2003-2011 yillar oralig‘ida moliyaviy direktor bo‘lib ishlagan;
Baxtiyor Toirovich Shokirov – "DEBYUT" ishlab chiqarish kompaniyasi muassisi (tomchilatib va yomg‘ir yordamida sug‘orish tizimi milliy ishlab chiqaruvchisi, AgroDrip savdo markasi)
Dastur bilan tanishing, ro‘yxatdan o‘ting va hamkasblaringizni ham taklif qiling!
Inqirozga qarshi menejment, buxgalteriya va soliqqa tortish, HR-menejment, kadrlar bilan ishlash kabi yo‘nalishlar bo‘yicha onlayn uchrashuvlar 17, 21 va 22 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.
Konferensiyada ishtirok etish BePUL!
Dastlabki sessiyalar rus tilida o‘tkaziladi.
Dastur bilan tanishish va konferensiyada qatnashish maqsadida qayddan o‘tish uchun quyidagi saytga tashrif buyuring: www.bss.uz/konferencia
Reklama huquqi asosida