Ayni paytda bu uydagi odamlar uchun ham, biznes uchun ham zaruratga aylangan.
Bizning kompaniyamiz yegulikni yetkazib berish va olib ketish uchun qadoqlarning keng tanlovini taqdim etadi.
Tayyor qutilar hoziroq yetkazib berish uchun shay!
Yegulik yetkazib berish uchun qadoqlar
Iste'molchilar yegulikni tobora ko‘proq uylariga buyurtma qilmoqdalar yoki o‘zlari bilan olib ketmoqdalar. Bugun bu xizmat qandaydir “hashamat belgisi” emas, balki zaruratga aylandi.
Karantin davrida yegulik yetkazib berishga bo‘lgan talab bir necha karra oshdi.
Shu bois bizning «ANIS Poligraf» kompaniyamiz yegulik va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishda asqotadigan sifatli qadoqlar bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif qiladi.
Qadoqning yegulikni uyga qadar yetkazish bilan birga mahsulot ko‘rinishiga zarar yetkazmasligi va yaxshi saqlashi nihoyatda muhim. «ANIS Poligraf» qadoqlari – bu sizning mahsulotingiz iste'molchiga eng yaxshi holda yetib borishining kafolatidir.
Biz qadoqlarni karton va gofrokartondan tayyorlaymiz va yetkazib beramiz. Bu o‘z navbatida har qanday restoranlar, kafe, fast-fud nuqtalari, do‘konlar va umuman o‘z mahsulotini qadoqlash istagida bo‘lgan har bir tadbirkor uchun ajoyib yechim bo‘ladi. Mahsulotlarni bevosita jo‘natish oldidan qadoqlash yoki qadoqlab qo‘yib, talab qilinguncha tayyor holda saqlash mumkin.
Shakllar assortimenti – Bizning assortimentimizda turlicha o‘nlab shakllar mavjud. Har bir taom uchun Siz alohida va o‘ziga xos qadoqni tanlashingiz mumkin.
O‘lchamlarning keng tanlovi – Qadoqning har bir shakli bir necha o‘lchamlarda ishlab chiqariladi va Siz yegulik hajmiga ko‘ra o‘zingizga mos o‘lchamni buyurtma qilishingiz mumkin.
Xavfsizlik – Biz qadoqlarni faqat birlamchi sellyuloza kartondan tayyorlaymiz va ular yegulikka tegib turish jihatdan sertifikatlangan. Biz o‘z mahsulotimizning yegulik uchun xavfsizligini to‘la kafolatlaymiz.
Qadoqni tanlashda siz qanday mahsulot sotishingiz va kimga sotishingiz juda muhim. Bundan tashqari chiroyli qadoqlash xaridor kayfiyatiga eng yaxshi ta'sir qiluvchi vositalardan biri ekanligini unutmaslik lozim.
To‘g‘ri tanlangan qadoqlar va mahsulotni ilgari surishning puxta o‘ylangan strategiyasi sotuvning a'lo darajada bo‘lishini ta'minlaydi. Lekin qadoqning haqiqiysini tanlash asl san'at.
Biz qadoqlarni o‘zimiz o‘z xomashyomizni sarflagan holda ishlab chiqaramiz.
Telefonlar: 95 195-00-44, 71 226-76-74
Telegram raqam: 97 717 13 34
E-mail: info@anispoligraf.uz
Facebook: fb.com/anispoligraf1
Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A. Rahmat ko‘chasi, 12 A uy.
Reklama huquqi asosida