«O‘zbekneftgaz» AJ Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining «O‘rtabuloq-Dengizko‘l» neft va gaz konlari majmuasiga qarashli «Somontepa» konida 2-sonli gazni dastlabki tayyorlash qurilmasining qurilish ishlari boshlandi.
Qurilish-montaj ishlari natijasida, Boshqarmaning kunlik tabiiy gaz va gaz kondensati qazib chiqarish ko‘rsatkichlarini oshirishga hamda keyingi tayyorlash qurilmasiga uzatish tizimidagi gaz quvurlarida gidravlik qarshiliklarni bartaraf etishga erishiladi.
2-sonli «Somontepa» gazni dastlabki tozalash qurilmasidan 1-sonli Somontepa gazni dastlabki tozalash qurilmasigacha uzunligi 33 km, diametri Ø-1020 mm. gaz quvuri montaj qilinmoqda.
Qurilmaning ishga tushirilishi ortidan kondagi quduqlardan qazib olinadigan tabiiy gaz xomashyolarining miqdori kunlik 1 mln. m³ ortishiga erishiladi.
«Eriell» kompaniyasi bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar natijasida qurilish obektiga 13 621 p/m gaz quvuri olib kelingan bo‘lib, shundan 4153 p/m.dan ortiq quvurlar montaj qilib bo‘lindi.
Avvalroq, «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi va Ishchi guruh a’zolari konlarda olib borilayotgan ishlarni borib ko‘rgani haqida xabar berilgan edik.
Ma’lumot uchun, Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Shimoliy Berdaq» konidagi yana bir quduqdan kunlik 80 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 0,5 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishilgan. Sho‘rtan neft gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Oydin» konidagi 12-sonli quduqdan esa kunlik 50 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati qazib olinishi yo‘lga qo‘yilgan.
«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati Ⓣ
«O‘zbekneftgaz» AJ faoliyatini internetda quyidagi manbalar orqali kuzatib borishingiz mumkin:
Rasmiy sayt: www.ung.uz
Facebook: fb.com/uzbekneftgaz