«Oson bo‘lmadi, ammo buni birgalikda uddaladik». Maxsus konteynerda saqlangan Server Jeparov karantindagi 14 kunlik hayoti haqida gapirib berdi

Sport 00:46 / 13.04.2020 77245

«COVID-19. Maxsus jihozlangan konteynerdagi 14 kunlik karantin», - deya boshlanadi Jeparovning ijtimoiy tarmoqdagi posti.

«Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga o‘z xalqiga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligi uchun rahmat. Shaxsiy fikrimcha, konteynerlar karantinda yashash uchun zarur bo‘lgan barcha narsa bilan jihozlangan. 4 kishidan yashadik. Toza matrasli to‘shamlari bilan ikki o‘rinli yotoq. Televizor, konditsioner, hojatxona, hammom, issiq va sovuq suv, statsionar telefon, suv qaynatish uchun choynak va piyolalar. Gigiyena vositalari, tish pastasi, cho‘tka, niqoblar, qo‘lqoplar, sovun, shampun. Chelak, tozalash uchun latta. Kuniga uch mahal ovqat: kotletlar, tovuq, guruch, grechka, perlovka, makaron, palov, suv, salatlar, olmalar, mandarinlar – hammasi karantinga rioya qilingan holda bir martalik ishlatiladigan idishlarda olib kelinardi. Nonushtaga choy bilan va pechenelar, yogurt, tuxum, bo‘tqa, saryog‘, pishloq, sosiskalar.

Karantindagi 14 kun davomida bizga xizmat qilgan xodimlarga, tahlillarni olgan shifokorlarga, kundalik har qanday muammolarimizni hal qilganlar – chindanam bu siz tomondan ko‘rsatilgan qahramonlik bo‘ldi, barchasi uchun chin qalbimdan minnatdorchilik bildirib qolaman. Biz buni birgalikda uddaladik, bu oson bo‘lmadi. Bunday g‘amxo‘rlik va sharoitlar u yerdagi yashashimizni yengillashtirdi. Mamlakatimiz prezidenti va uning jamoasiga yana bir marta rahmat.

Endi men va o‘g‘lim uy karantinidamiz. Kelinglar, hammamiz karantin qoidalariga rioya qilgan holda pandemiyaga qarshi birgalashib kurashamiz. Faqatgina shu yo‘l orqali COVID-19 virusi ustidan g‘alaba qozona olamiz», - deya yozadi Server Jeparov. 

Ma'lumot uchun, Server Jeparov uch hafta oldin Rossiyaga borib, Tatariston poytaxti Qozon shahrida bo‘lib qaytgan edi. Sobiq futbolchi o‘g‘li bilan Toshkentga qaytgach, karantinga olingan. Ularda koronavirus alomatlari sezilmagach, uylariga javob berilgan.

Ko‘proq yangiliklar: