“Beeline Uzbekistan” shu sinovli kunlarda hayoti va sog‘lig‘i xavf ostida bo‘lishiga qaramay, o‘z kasbiga sodiq bo‘lib, kecha-yu kunduz pandemiyaga qarshi kurashayotgan barcha tibbiyot xodimlariga o‘z minnatdorchiligini izhor etgan holda, olijanob va sharafli kasb vakillari uchun "Shifokor" tarif rejasi doirasida yangi bonuslarni taqdim etmoqda. 5 000 daqiqa va 5 000 MB – bepul. 2020 yilning 10 mayigacha – abonent to‘lovisiz.
Tibbiyot sohasidagi ishchilar "Shifokor" tarif rejasiga kompaniya ofislarida ulanishlari mumkin. Tarif rejasiga ulanish uchun kompaniyaning tartib-qoidalariga muvofiq shaxsni va tibbiy sohaga tegishli ekanligini tasdiqlovchi zarur hujjatlar taqdim etilishi lozim.
"Shifokor" aksiyasi haqida batafsil ma'lumot - beeline.uz/b2b/uz/producs/tariffs/shifokor
Reklama huquqi asosida