Fransiyaning yagona aviatashuvchi kemasida koronavirus avj olishi qayd etildi
Fransiyaning yagona aviatashuvchi kemasi “Sharl de Goll”da koronavirus avj olishi qayd etildi. Hozirda kema ekipajining 50 a'zosida koronavirus aniqlangan.

Foto: AP
Bu haqda Fransiya mudofaa vazirligi xabar qildi.
“Kema epikaji a'zolarida koronavirus bo‘lishi mumkinligi e'lon qilingandan keyin kemaga qurolli kuchlar tibbiy xizmati jamoasi jo‘natildi. O‘tkazilgan testlar ekipaj orasida 50 ta kasallanish holatini tasdiqlagan”, deyilgan xabarda.
Ayni vaqtda Atlantika okeanida bo‘lgan kema bortida ikki nafar epidemiolog shifokor, biologik xavfsizlik bo‘yicha bir nafar mutaxassis va tahlillar yig‘ishga javob beruvchi shifokor ish olib borgan. Hammasi bo‘lib 66 ta test o‘tkazilgan.
Vazirlikning xabar qilishicha, kema jamoasining 3 a'zosi 9 aprelda vertolyot bilan evakuatsiya qilinib, Lissabon aeroportiga, u yerdan samolyotda Tulondagi shifoxonaga yetkazilgan. Hozir kema Tulon portiga qaytmoqda. Dastlabki rejaga ko‘ra kema portga 23 aprelda qaytishi kerak bo‘lgan.
Avvalroq koronavirus avj olishi AQSh flotining yetakchi kemasi Theodore Roosevelt’da qayd qilingandi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, kemada kasallanganlar soni 400 dan oshib ketgan. Kema sardori Brett Kroze kemada infeksiya tarqalayotgani haqidagi raporti jurnalistlar qo‘liga tushgach o‘z lavozimidan ozod etilgan. AQSh harbiy-dengiz kuchlari vaziri lavozimini bajargan Tomas Modli Krozeni yuz bergan holat uchun keskin tanqid qilgan. Keyinroq u o‘z so‘zlari uchun uzr keltirib, iste'foga chiqishga qaror qilgan.
Mavzuga oid

20:14 / 10.03.2025
Shavkat Mirziyoyev 11 mart kuni davlat tashrifi bilan Fransiyaga boradi

23:34 / 07.03.2025
Fransiya razvedkasining sobiq boshlig‘i milliarder Bernar Arnoga yordam bergani uchun to‘rt yilga qamaldi

21:24 / 07.03.2025
Ukraina birinchi marta Fransiyaning Mirage qiruvchi samolyotlaridan foydalandi

04:48 / 06.03.2025