Pandemiya vaqtida reklama beruvchilar e'tibor qaratishi kerak bo‘lgan 5 jihat

Light 13:35 / 09.04.2020 10735

Koronavirus avj olgan bir vaqtda reklamaga ayniqsa diqqat bilan e'tibor berish kerak. Aks holda mijozlar uzoq vaqt davomida esdan chiqarmaydigan xatolarga yo‘l qo‘yish mumkin. Oziq-ovqat va xizmatlar reklamasida zarur bo‘lgan jihatlar quyidagilardan iborat.

1.      Odamlar umumiy xavotirda

Pandemiya davridagi marketing – juda nozik mavzu. Eng avvalo, odamlarni o‘ylantirayotgan narsalar nima ekanini biling. Chunki ularning ehtiyojlari ayrim sabablar tufayli o‘zgardi. Hozirda ko‘pchilik o‘zi va oila a'zolarining sog‘ligi borasida xavotirga tushmoqda. Qolgan barcha masalalar esa ikkinchi darajada.

Marketing taklifini o‘z harakatlaringiz haqidagi ma'lumotlarga almashtirib, ularning xavotiriga javob berishingiz mumkin. Mijozlarga ularning xavfsizligini ta'minlash uchun kompaniyangiz tomonidan ko‘rilayotgan choralar haqida ma'lumot bering. Savdolarga istalgan vaqtda qaytish mumkin, hozir esa tushunish hissini muhim.

 2.      Odamlarni pul bilan bog‘liq masala xavotirga solyapti

Covid-19’ning avj olishi jahon iqtisodiyotini tanazzulga uchratdi. Bu esa odamlar nafaqat salomatlik, balki kredit va soliqlarni to‘lay olmasliklaridan ham xavotirda ekanliklarini anglatadi.

Reklama beruvchilar maxsus narxlar, yangi moliyaviy yechimlar va mijozlarni xotirjam qiluvchi boshqa maxsus narxlarni taklif qilib, muammolarga javob bera oladilar. Xususan, ijaraga beruvchilar shartnomaning moslashuvchan shartlarini taklif etishlari mumkin. Bu kabi xabarlar inqiroz davrida kuchli rezonansga sabab bo‘ladi. Insoniylik va shaffof yechimlar – noaniqlik sharoitidagi muvaffaqiyatli reklama elementlaridir.

3.      Odamlar biznes koronavirus bilan kurashga o‘z hissasini qo‘shishini kutishadi

COVID-19 inqirozi qahvaxonalardan tortib, yirik aviakompaniyalargacha bo‘lgan biznesning ko‘p turlarini yagona sharoitga tushib qolishiga sabab bo‘ladi. Ularning har biri qiyinchiliklarni o‘ziga xos usulda yengib o‘tmoqda.

Shu bilan birga, odamlar biznes koronavirus pandemiyasi bilan kurashda o‘z hissasini qo‘shishini kutishadi. Kompaniyangiz tomonidan olib borilgan sa'y-harakatlar haqida gapirib berish uchun ana shu imkoniyatdan foydalaning. Ko‘plab kompaniyalar xodimlarga maoshini to‘layotgani va kasallik varaqasini uzaytirish haqida e'lon qilishmoqda. Bu kabi marketing xabarnomalari juda samarali bo‘lishi mumkin.

4.      Odamlarning e'tibori birlamchi xaridlarga qaratilgan

Hozirda xaridorlar hayot va virusdan himoya qiluvchi birlamchi tovarlarga eng ko‘p qiziqish bildirmoqda.

Siz bunga javob tariqasida marketingni talab eng ko‘p bo‘lgan mahsulotlarga qaratishingiz mumkin. Ustuvorlikni kun bo‘yi uyda o‘tirgan odamlar uchun dolzarb bo‘lgan takliflarga bering. Agar buni yaxshi bajarsangiz, hatto inqiroz sharoitida ham kompaniya daromadlari ortishi mumkin.

5.      Odamlar kelajakda ko‘proq sarflashni boshlaydilar

Covid-19 inqirozi mobaynida talab past bo‘lishi ehtimoliy holat. Biroq vaziyat doimiy ravishda shundayligicha qolmaydi. Ekspertlar vaksina ishlab chiqilishi yoki davolashning ishonchli usuli topilganidan keyin xaridlar miqdori keskin ortishini kutishmoqda.

Brendni va omma bilan aloqalarni rivojlantirib, ana shu qiziqishga tayyorlanishingiz mumkin. Virusga qarshi kurashga o‘z hissangizni qo‘shing, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizni rivojlantiring va brend ommabopligini oshiradigan boshqa harakatlarni o‘ylab toping.

Ko‘proq yangiliklar: