Denov tumanida agroturizm va tibbiyot turizmi rivojlantiriladi 

Jamiyat 21:07 / 09.04.2020 5895

Hujjatda belgilanishicha, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi:

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda tadbirkorlik yaxshi rivojlangan va aholi zich joylashgan xududlar atrofida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan va bo‘sh turgan yer maydonlarida 2020 yil iyulga qadar kamida Z ta kichik sanoat zonasini belgilangan tartibda tashkil etadi va tegishli infratuzilma bilan ta'minlaydi;

Denov tumanida ichimlik suv ta'minotini yaxshilash, ichki yo‘llar, maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumta'lim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash hamda kichik sanoat zonalariga kommunikatsiya tarmoqlarini o‘tkazish maqsadida Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobidan 50 mlrd so‘m mablag‘lar yo‘naltirilishini ta'minlaydi. 

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Surxondaryo viloyati hokimligi: 

Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda agroturizm yo‘nalishini rivojlantirish maqsadida ikki oy muddatda tumandagi meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklari va klasterlar tomonidan turistlarni qabul qilishga mo‘ljallangan oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish; 

ikki oy muddatda ”O‘zbekiston turizm magistrali” turizm transport koridorida barpo etilayotgan obektlar loyihasi asosida tumanda avtomagistral yo‘li bo‘ylab turizm xizmatlarini yo‘lga qo‘yishni ko‘zda tutuvchi yo‘lbo‘yi infratuzilma obekti majmuasini tashkil etish choralarini ko‘radi; 

Sog‘liqni saqlash vazirligi Surxondaryo viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda Denov tumanida tibbiyot turizmini rivojlantirish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida ixtisoslashgan diagnostika markazi, statsionar davolanish, joylashtirish vositalari, ovqatlanish punktlari, avtoturargoh, dam olish joylari va boshqalarni o‘z ichiga oluvchi tibbiyot kompleksini tashkil qilish choralarini ko‘radi.

Ko‘proq yangiliklar: