Toshkent shahri hokimligi binosida koronavirus aniqlanmagan – Nurmat Otabekov

O‘zbekiston 12:57 / 08.04.2020 30133

Bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov Toshkent shahar hokimligida koronavirusga chalinganlar aniqlanmaganini ma'lum qildi.

«Toshkent shahri hokimiyatida ham koronavirus aniqlangani to‘g‘risida ma'lumotlar paydo bo‘ldi. Bu xabarlar noto‘g‘ri va haqiqatdan yiroq. Bunday ma'lumot kim tomonidan tarqatilgan bo‘lsa ham, ularga buning uchun alohida javobgarlik belgilanadi», deya qayd etdi Nurmat Otabekov.

Ma'lumot uchun, ayni vaqtda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasiga chalingan 194 nafar bemor davolanmoqda.

Bundan avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemorlarning epidemiologik marshruti bilan tanishish imkoniyatini taqdim etgandi. Xaritada bemorlardan biri kasalxonaga kelishdan oldin Toshkent shahri hokimligi hududida bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: