Saudiya Arabistonining qator shaharlarida 24 soatlik komendantlik rejimiga o‘tildi

Jahon 01:34 / 07.04.2020 15749

Koronavirus tarqalishiga qarshi chora sifatida, poytaxt Ar-Riyod bilan birga Tabuk, Dammam, Dahran va Hofuf shaharlari; Jidda, Toif, Qatif va Hobar tumanlarida to‘la sutkalik komendantlik soati amal qila boshladi.

Ma'lum istisnolar bilan, ushbu hududlarga kirish va ulardan chiqish to‘xtatilgan.

Bunda fuqarolarga faqat o‘zi yashab turgan hududdagi oziq-ovqat do‘koni yoki dorixonaga eng zarur ehtiyojlar uchun soat 06:00dan 15:00ga qadar chiqishga ruxsat etiladi.

Podshohlikda koronavirusga chalinganlar soni 2600dan oshdi. 551 kishi sog‘aygan, 38 bemor vafot etgan.

Aprel oyi boshida bu kabi cheklovlar musulmonlar uchun muqaddas Makka va Madinada ham joriy qilingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: