MyTaxi o‘zining "Jo‘natma +" tarif rejasini omma e'tiboriga havola etdi. Unda mashinalarni izlash doirasi kengroq, haydovchilar mustaqil ravishda xarid qilish va uni mijozlarga yetkazib berish xizmatini ko‘rsatadilar.
So‘nggi voqealar tufayli uzoq masofadan xarid qilish imkoni MyTaxi tarif rejalarisiz nafaqat muammoli, balki ilojsiz bo‘lar edi. Ayni vaqtda MyTaxi ikkita "Jo‘natma" va "Jo‘natma +" tarif rejalariga ega. Ular yordamida istalgan mijoz mahsulotlarni, tovarlarni va boshqa ko‘plab narsalarni yetkazib berishga buyurtma berishi mumkin. Shuningdek, MyTaxi haydovchilari iste'molchilarga zarur bo‘lgan xaridni o‘zlari amalga oshirib, uni yetkazib berishlari mumkin.
"Jo‘natma +" tarifi haqida batafsil:
To‘lov narxi 12 000 so‘mdan boshlanadi. Unga 1 km va 3 daqiqa bepul kutib turish xizmati kiradi. Keyingi kilometraj narxi 1300 so‘mdan, 1 daqiqa pullik kutib turish narxi 400 so‘mni tashkil etadi.
Agar mijoz "Jo‘natma" tarifi bo‘yicha mashina topa olmasa, ishonch bilan "Jo‘natma +" tarifidan foydalanishi mumkin: bunda MyTaxi ilovasi mijoz joylashgan nuqtadan 3 km.dan 8 km radius bo‘ylab bo‘sh haydovchini qidiradi.
Mijozlar buyurtmasiga ko‘ra, haydovchilar mustaqil ravishda market yoki bozorda xaridni amalga oshirishlari mumkin. Sizning ro‘yxatingiz bo‘yicha barcha zarur narsalarni xarid qilib ularni yetkazib berishadi.
My Taxi'da yetkazib berilgan mahsulotlar uchun to‘lovni naqd yoki PayMe orqali amalga oshirish mumkin. Hozirda bu juda ham dolzarb masala, chunki barchamiz bir-birimizdan yiroqdamiz, yetkazib berish va mahsulotlar to‘loviga bizning yaqinlarimiz muhtoj bo‘lishlari mumkin.
MyTaxi yetkazib beradi, siz esa uyda qoling!
Vebsayt: mytaxi.uz
Facebook: www.fb.com/mytaxiuz
Instagram: instagram.com/mytaxiuz
Reklama huquqi asosida