Gruziyadagi bozorda banknotalar koronavirusdan dazmol yordamida zararsizlantirilmoqda

Jahon 00:02 / 06.04.2020 6217

Xaridorlar bozorga kirishdan oldin yonlaridagi naqd pulni maxsus xodimga berishlari kerak bo‘ladi. U o‘z navbatida banknotalar ustidan dazmol bosadi, tangalarga esa antiseptik bilan ishlov beradi.

Bu choralar koronavirus tarqalishi oldini olish uchun amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, tashrif buyuruvchilarning harorati o‘lchanib, ularga qo‘lqoplar berilmoqda. Bozor direktori Nodar Korsantining ta'kidlashicha, bozordagi barcha sotuvchilar ham o‘z navbatida qaytimni dezinfeksiya qilingan pullar bilan berishmoqda.

Ayni vaqtda Gruziyada koronavirusga chalinganlar soni 170 nafarni, undan vafot etganlar soni 2 nafarni tashkil qilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: