Google koronavirusga qarshi kurash uchun foydalanuvchilarning harakatlanishi haqidagi ma'lumotlarni to‘plamoqda

Fan-texnika 09:10 / 06.04.2020 5837

Kompaniya vakillarining ma'lum qilishicha, ma'lumotlardan sog‘liqni saqlash organlari foydalanadi. Bu virusga qarshi kurashish uchun zaruriy choralarga oid samarali qarorlarni qabul qilishga yordam beradi.

Hisobotda anonim ma'lumotlar ham bor. Unda chakana savdo va dam olish joylari, do‘konlar va dorixonalar, parklar, tranzit punktlar, ishlash va yashash joylari lokatsiyasi kiritilgan. Ana shu joylarga kelish ko‘rsatkichlari hisobotda foizlarda aks ettirilgan. Unda e'lon qilinishidan 2-3 kun avvalgi ma'lumotlar to‘planadi.

Kompaniya 131ta mamlakat va mintaqalarga tegishli ma'lumotlarni joylashtirish, shuningdek, bazani to‘ldirib borishni rejalashtirgan. Ro‘yxatda O‘zbekiston mavjud emas.

Hisobotdan cheklangan vaqt davomida foydalanish mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: