AQSh koronavirus aniqlanmagan Turkmanistonga deyarli 1 mln dollar ajratdi

Jahon 18:53 / 06.04.2020 16648

Moliyaviy yordam mablag‘lari laboratoriyalarni tayyorlash, kasallikni aniqlash, epidemiologik nazoratni kuchaytirish va boshqa choralarni qo‘llashga sarflanadi. 

Rasmiy ma'lumotga ko‘ra, hozirgi vaqtda Turkmanistonda koronavirus yuqtirib olganlar aniqlanmagan. 

BMTning Turkmanistondagi vakili Yelena Panova bayonotiga ko‘ra, xalqaro tashkilot rasmiy statistikaga tayanadi. «Biz shu ma'lumot asosida ishlaymiz. Bu yerda ishonch bildirish haqida gap ketmayapti, shunchaki ishimiz shunday», — dedi u.

Ko‘proq yangiliklar: