Tramp Nyu-Yorkka koronavirusga qarshi kurash uchun qo‘shimcha minglab harbiylarni jo‘natdi

Jahon 07:44 / 05.04.2020 12413

U bu haqda 4 apreldagi brifingda ma'lum qildi.
 
“Biz shtatlarga yordam sifatida ko‘p sonda qo‘shimcha harbiylarni ajratmoqchimiz. Bu minglab va minglab harbiylar, harbiy tibbiyotchilar, professionallar, hamshiralar va shifokorlar bo‘ladi. Ular urushga, tegishli tarzda tayyor bo‘lishmagan kurashga jo‘naydilar ”, deb aytgan Tramp. 

Shuningdek, Nyu-York shahrining o‘ziga minglab harbiylar jo‘natiladi. Bundan tashqari, Nyu-York shahri va shtatiga ko‘p sonda o‘pkani sun'iy shamollatish qurilmalari yuboriladi.

Trampning ta'kidlashicha, Nyu-Yorkka AQShning ba'zi shtatlari ham ko‘mak ko‘rsatmoqda. 

Ayni vaqtda Nyu-York shahri AQShda koronavirus tarqalishi markazi hisoblanadi. Bu yerda kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar qayd qilinmoqda. 

Umumiy hisobda AQShda koronavirusga chalinganlar soni 311 mingdan oshib ketdi, vafot etganlar 8452 nafarni tashkil qilmoqda. O‘limlardan 3,5 mingdan ko‘prog‘i Nyu-York shtatiga, jumladan 2 mingga yaqini Nyu-York shahriga to‘g‘ri kelmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: