Uy sharoitidagi karantin qay tartibda bekor qilinishi ma'lum qilindi

O‘zbekiston 14:31 / 03.04.2020 48756

«Uy sharoitidagi karantinga olingan shaxsda kasallik alomatlari aniqlanmaganda, izolyatsiya 14 kundan so‘ng yakuniga yetadi. Buning uchun o‘z uyida izolyatsiyaga olingan shaxsdan karantin muddatining 10-kunida qon namunasi olinadi; laboratoriya tahlillari natijasida bemorning qonida yuqmagani tasdiqlansa, belgilangan muddatda karantin yakuniga yetadi.

Laboratoriya tahlili natijalariga asoslanib, fuqaroning yashash joyidagi ambulator-poliklinika muassasasi tomonidan uning karantindan olingani haqida ma'lumotnoma beriladi», dedi Nurmat Otabekov 3 aprel kungi brifingda.

U, shuningdek, koronavirusga chalinganlarning kasallikdan tuzalgani qanday aniqlanishi, sog‘ayib ketgan odamlarning tanasida virus saqlanib qolish-qolmasligi bo‘yicha ham ma'lumot berdi.

«Ketma-ket ikki kun davomida kasallikning hech qanday simptomlari kuzatilmagan hamda COVID-19 uchun topshirilgan tahlillarda koronavirus aniqlanmagan bemorlar sog‘aygan hisoblanadi.

Xitoy tadqiqotchilarining aniqlashicha, koronavirus alomatlari yo‘qolgandan keyin kamida ikki hafta davomida ba'zi odamlarning tanasida virus qolishi mumkin ekan», deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ko‘proq yangiliklar: