Qirg‘izistonda koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etildi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatda koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etilgani haqida xabar berdi. O‘sh viloyatining Novqat tumani hududiy shifoxonasida davolanayotgan 61 yoshli erkak 2 aprel kuni vafot etgan.

O‘sh ko‘chalari dezinfeksiya qilinmoqda. Foto: Hamidullo Uzoqov / kloop.kg
«Bemor xorijda bo‘lib qaytgan… Ustiga ustak, bemorning boshqa jiddiy kasalliklari ham bo‘lgan», — deyilgan respublika shtabi xabarnomasida.
Bu Qirg‘izistonda bemorning koronavirusdan vafot etishi bilan bog‘liq ilk holat bo‘ldi. Mamlakatda 18 martdan buyon koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq 130 holat tasdiqlangan. 3 aprel kuni ertalab 14ta yangi zararlanish holati haqida xabar berildi.
Koronavirus yuqtirib olganlarning to‘rt nafari o‘ta og‘ir ahvolda. Ulardan biri o‘pkaga sun'iy nafas yuborish qurilmasiga ulangan. Shu paytgacha Qirg‘izistonda besh kishi koronavirusdan butunlay tuzalgan.
Mavzuga oid

20:37 / 10.03.2025
Yevropa Ittifoqi Tojikistonga chegara xavfsizligini yaxshilashga yordamlashadi

16:57 / 10.03.2025
Qirg‘izistonda Botkendan Qo‘qongacha temiryo‘l qurilishi mumkin

16:59 / 06.03.2025
Shavkat Mirziyoyev 6 ta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

11:29 / 26.02.2025