OTMlarda darslar 2 sentyabrdan boshlanishi haqida xabar tarqaldi, vazirlik buni rad etdi

Jamiyat 18:03 / 02.04.2020 37433

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondagi barcha OTMlarda o‘qish 2 sentyabrdan boshlanishi haqida xabar tarqaldi.

«Talabalar o‘quv yilining 2-yarmini onlayn tarzda o‘zlashtirib boradi va o‘quv dasturlari tugagandan keyin onlayn test orqali o‘quv yilining 2-yarmi uchun baholanadi», deyilgan norasmiy xabarda.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bu xabarning asossiz ekanini e'lon qildi.

«Talabalarning oliy ta'lim muassasalariga qaytishi Respublika Maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq, mamlakatimizdagi karantin holatining bekor qilinishiga bog‘liq», – deyiladi rasmiy bildirishda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida, barcha ta'lim muassasalarida darslar 16 martdan boshlab to‘xtatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: